Foto:Lowy Institute
Indoneziya BRIKSga toʻlaqonli a'zo sifatida qoʻshildi. Bu haqda 1 yanvar kuni assotsiatsiyaga raislikni oʻz zimmasiga olgan Braziliya hukumati xabar berdi.
A'zo davlatlar 2023 yilda Yoxannesburgda boʻlib oʻtgan sammitda Indoneziyaning a'zolikka qabul qilinishini ma'qullagandi. Indoneziyaning arizasi 2023 yilda tasdiqlangan, ammo mamlakat prezidentlik saylovlaridan keyin qoʻshilish jarayonini yakunlashini bildirgan. Prabovo Subyanto 2024 yil oktyabr oyida davlat rahbari lavozimini egalladi, deya eslatdi Reuters.
Indoneziya guruhning boshqa a'zolari bilan birgalikda global boshqaruv institutlari islohotlarini qoʻllab-quvvatlamoqda va global janub hamkorligini chuqurlashtirishga ijobiy hissa qoʻshmoqda, deyiladi Braziliya hukumati bayonotida.
Braziliyaning BRIKSdagi raisligi
Braziliya oʻz raisligi doirasida “yanada inklyuziv va barqaror boshqaruv”ni yoʻlga qoʻyish ustida ishlamoqda. U beshta asosiy ustuvor yoʻnalishga e'tibor qaratgan: samarali toʻlov tizimlarini rivojlantirish orqali savdo va investitsiyalarni ragʻbatlantirish; sun'iy intellektni tartibga solish; iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 30-konferentsiyasiga tayyorgarlik koʻrish; jamoat salomatligi sohasidagi hamkorlik hamda BRIKSning ichki tuzilmalarini mustahkamlashni oʻz ichiga olgan institutsional rivojlanish.
Turkiya BRIKSga a'zo boʻlish uchun ariza topshirdi
BRIKS — norasmiy davlatlar guruhi boʻlib, dastlab unga Rossiya, Braziliya, Hindiston va Xitoy kirgan. 2010 yilda Janubiy Afrika Respublikasi ham qoʻshilgan. 2024 yil sentyabr oyida NATO a'zosi boʻlgan Turkiyaning BRIKSga a'zolik uchun ariza topshirgani ma'lum boʻldi. Vetnam ham bu birlashmaga qoʻshilishi mumkinligi aytilmoqda.
BRIKS guruhi yaqinda oʻz tarkibini Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Efiopiya va Eronni qoʻshib kengaytirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning siyosiy yoʻli qanday kechgan?
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng koʻp tarqalgan OʻRVIga aylandi