AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Kanadaning AQSh bilan birlashishi haqidagi taklifini takrorladi. «Agar Kanada AQSh bilan birlashsa, hech qanday tariflar boʻlmaydi, soliqlar sezilarli darajada kamayadi va ular doimo oʻzlarini oʻrab turgan Rossiya va Xitoy kemalari tahdididan butunlay himoyalangan boʻladi. Birgalikda bu qanday buyuk davlat boʻlar edi» – deb yozdi Oq uyning boʻlajak rahbari 6 yanvar, dushanba kuni oʻziga tegishli boʻlgan Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
Shu tariqa, Tramp bir necha soat avval e'lon qilingan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning iste'foga chiqishi haqidagi xabarga javob qaytardi. «Kanadada koʻp odamlar 51-shtat boʻlishni yaxshi koʻradi. Qoʻshma Shtatlar Kanadaning oʻzini saqlab qolishi uchun zarur boʻlgan yirik savdo kamomadi va subsidiyalarga endi toqat qila olmaydi. Jastin Tryudo buni bilib, iste'foga chiqdi», — deyiladi uning xabarida.
Trampning partiyadoshlari Grenlandiya boʻyicha gʻoyaga shubha bilan qarayapti
Respublikachilar partiyasidan senatorlar va Vakillar palatasi a'zolari AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning Daniyaga tegishli Grenlandiya va Panama Respublikasi yurisdiktsiyasi ostidagi Panama kanalini oʻz nazoratiga olish istagi haqidagi bayonotlariga shubha bilan munosabatda boʻlishdi. Bu haqda 5 yanvar kuni Amerikaning The Hill nashri xabar berdi.
Nashr manbalariga koʻra, Tramp 2021 yilda Oq uyni tark etganidan beri bu gʻoyalar Vashingtonda jiddiy muhokama qilinmagan.
Vakillar palatasi tashqi ishlar qoʻmitasining sobiq raisi Maykl Makkol (Texas shtatidan respublikachi) qonun chiqaruvchilar Tramp oʻz prezidentligining boshidayoq Kapitoliy tepaligida xavotir uygʻotayotgan yirik tashqi siyosiy tashabbuslarni e'lon qilishiga tayyor boʻlishlari kerakligini aytdi.
Bir qator respublikachi qonun chiqaruvchilar Trampning soʻzlarini kelajakda diplomatiyani mustahkamlashi mumkin boʻlgan «muzokara» pozitsiyasi sifatida koʻrishlarini aytishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen uylandi
Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qiladi
United Airlines barcha samolyotlariga Starlink internetini oʻrnatishni rejalashtirmoqda
"Lans" bosh direktori: "Abduqodir Husanov klubdan ketadi"
Oʻzbekistonda dollar narxi 13 000 soʻmga chiqdi!
Taniqli insayder “Manchester Siti" Abduqodir Husanov borasida faol muloqot olib borayotganini aytmoqda
9 yanvardan valyutalarning yangi kursi belgilandi
Xitoyda tarqalayotgan xavfli virus Oʻzbekistonda ham qayd etildi