11:54 / 08.01.2025
179

Donald Tramp "Meksika koʻrfazi"ni oʻzgartirishga urinmoqda

Donald Tramp "Meksika koʻrfazi"ni oʻzgartirishga urinmoqda
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp «joʻgʻrofiy yurishi»ni davom ettirmoqda. Kanada, Grenlandiya oroli, Panama kanalidan soʻng navbat Meksika koʻrfaziga keldi. Tramp kecha, 7 yanvar kuni qilgan bayonotida koʻrfaz nomini «Amerika koʻrfazi»ga oʻzgartirishga urinib koʻrinishini aytdi. Uning fikricha, shu nom «yanada chiroyli» jaranglaydi.

Bu uning Gʻarbiy yarimshar xaritasini oʻzgartirish boʻyicha soʻnggi (hozircha) taklifi.

AQShning beshta janubi-sharqiy shtati boʻylab oʻtgani uchun koʻpincha Meksika koʻrfazini Qoʻshma Shtatlarning «uchinchi sohili» ham deyishadi. Meksikaliklar esa koʻrfazni oʻz tillarida «El Golfo de México» (Meksika koʻrfazi) deyishadi.

Bundan tashqari, AQShning Texas shtati va Meksikaning Chiuaua, Koauila, Nuevo-Leon va Tamaulipas shtatlari tabiiy chegarasi vazifasini bajaruvchi daryoni ham ikki tomon oʻzicha nomlagan: amerikaliklar — Rio-Grande, meksikaliklar — Rio-Bravo.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo