Foto: Carolyn Kaster / AP
Kanada rasmiylari 7 yanvar, seshanba kuni AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning ushbu mamlakatni Qoʻshma Shtatlar tarkibiga kirishi haqidagi taklifiga mutlaqo rozi boʻlmadi.
«Saylangan prezident Trampning izohlari Kanadani nima kuchli davlat qilishini toʻliq tushunmasligini koʻrsatadi. Iqtisodiyotimiz kuchli. Xalqimiz kuchli. Biz tahdidlar oldida hech qachon ortga chekinmaymiz», — deb yozdi Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli.
«Kanadaning Qoʻshma Shtatlarning bir qismi boʻlishi uchun hech qanday imkoniyat yoʻq. Ikkala davlatimizdagi ishchilar va jamoalar bir-birining eng yirik savdo va xavfsizlik sheriklari boʻlishdan foyda koʻradilar», deb yozdi avvalroq iste'foga chiqishini e'lon qilgan bosh vazir Jastin Tryudo.
Tramp yana Kanadaga AQSh bilan birlashishni taklif qildi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Kanadaning AQSh bilan birlashishi haqidagi taklifini takrorladi. «Agar Kanada AQSh bilan birlashsa, hech qanday tariflar boʻlmaydi, soliqlar sezilarli darajada kamayadi va ular doimo oʻzlarini oʻrab turgan Rossiya va Xitoy kemalari tahdididan butunlay himoyalangan boʻladi. Birgalikda bu qanday buyuk davlat boʻlar edi» – deb yozdi Oq uyning boʻlajak rahbari 6 yanvar kuni oʻziga tegishli boʻlgan Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
Shu tariqa, Tramp bir necha soat avval e'lon qilingan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning iste'foga chiqishi haqidagi xabarga javob qaytardi. «Kanadada koʻp odamlar 51-shtat boʻlishni yaxshi koʻradi. Qoʻshma Shtatlar Kanadaning oʻzini saqlab qolishi uchun zarur boʻlgan yirik savdo kamomadi va subsidiyalarga endi toqat qila olmaydi. Jastin Tryudo buni bilib, iste'foga chiqdi», — deyiladi uning xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Evropa Trampning keskin bayonotlaridan xavotirga tushmoqda
Xitoy raisi nima uchun mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi?
Kurskka hujum koʻlami qanday va undan maqsad nima?
Rossiya Zaporojega havo zarbalari yoʻlladi: qurbonlar bor (foto, video)
Tramp garovga olinganlar 20 yanvargacha ozod qilinmasa, HAMASga “jahannam” va'da qildi
Italiyadagi qishloqlardan birining aholisiga kasal boʻlish taqiqlandi
Rossiya Trampning Kanada va Grenlandiya haqidagi bayonotlariga qanday munosabat bildirdi?
Misrda oʻquvchilar oʻqituvchi ayolni yoqib yubordi (video)