23:00 / 08.01.2025
147

Tramp garovga olinganlar 20 yanvargacha ozod qilinmasa, HAMASga “jahannam” va'da qildi

Tramp garovga olinganlar 20 yanvargacha ozod qilinmasa, HAMASga “jahannam” va'da qildi
Foto: PBS News
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp agar Falastinning HAMAS harakati 20 yanvar kuni boʻlib oʻtadigan inauguratsiyaga qadar garovda ushlab turilganlarni ozod qilmasa, ularga nisbatan qattiq choralar koʻrishga va'da berdi.

Agar garovga olinganlar qaytib kelmasa, jahannam boshlanadi. Men muzokaralarga xalaqit berishni xohlamayman, lekin agar ular men lavozimga kirishishimga qadar qaytarilmasa, Yaqin Sharqda haqiqiy doʻzax boshlanadi. Bu HAMAS uchun, toʻgʻrisini aytganda, hamma uchun ham yomon boʻladi”, dedi Tramp.

Uning ta'kidlashicha, garovga olinganlar bilan bogʻliq vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroil hududiga hujumi oqibati ekanini qoʻshimcha qildi.

Garovga olinganlar allaqachon ozod qilinishi kerak edi”, deydi AQShning saylangan prezidenti.

Reuters nashri avvalroq HAMAS Isroil bilan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitim doirasida ozod qilishga tayyor boʻlgan 34 nafar garovga olinganlar roʻyxatini tuzgani haqida xabar bergandi.

Foto: Flash90
HAMAS vakili suhbatda bitimni Isroil qoʻshinlarini Gʻazodan olib chiqish boʻyicha kelishuvga erishilgan taqdirdagina amalga oshirish mumkinligini ta'kidladi. Shuningdek, guruh vaqtinchalik sulh emas, balki jangovar harakatlarni toʻliq toʻxtatishga erishmoqchi.

25 dekabr kuni HAMAS Isroilni qoʻshinlarni olib chiqish, oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olish bilan bogʻliq yangi shartlarni ilgari surishda ayblagan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu aynan HAMAS avval kelishilgan shartlarga rioya qilishdan bosh tortayotgani kelishuvga erishishga toʻsqinlik qilayotganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo