Foto: El Correo
Urugvay sobiq prezidenti Xose Muxika saraton kasalligini davolashdan bosh tortdi va vatandoshlari bilan vidolashdi. Bu haqda elDiario.es mahalliy portali xabar berdi.
Siyosatchi 2012 yilda BBC tomonidan koʻpchilik saylovchilar kabi yashagani sababli dunyodagi eng qashshoq prezident deb topilgandi. Muxikaga koʻra, qiziloʻngachidan topilgan saraton endi jigariga ham tarqalgan.
“Qiziloʻngachdagi saraton jigarimni egallamoqda. Men uni hech narsa bilan toʻxtata olmayman. Nega? Chunki men keksaman va ikkita surunkali kasalim bor. Menga na kimyoviy davolash, na jarrohlik mos keladi, chunki tanam bunga bardosh berolmaydi”, degan u.
Muxika, shuningdek, bundan buyon intervyu bermasligi va yangi davolanishni rejalashtirmasligini aytgan.
“Men faqat tinch qoʻyishlaringizni soʻrayapman. Behuda intervyular yoki boshqa narsalar bilan bezovta qilmang. Mening davronim allaqachon nihoyasiga etdi. Ochigʻini aytsam, jon berayapman va jangchining orom olishga haqqi bor”, deya qoʻshimcha qildi Urugvay sobiq rahbari.
U dafn etilishi uchun barcha tayyorgarliklarni koʻrib qoʻyganini ta'kidlagan. Muxika 2010 yildan 2015 yilgacha Urugvay prezidenti lavozimida ishlagan, soʻngra mamlakat parlamentiga saylangan. 2018 yil avgust oyida u vakolatlari 2020 yilda tugashiga qaramay, iste'foga chiqish toʻgʻrisidagi arizasini yozgan. Sobiq prezident buning sababini “uzoq yoʻldan charchagani” bilan izohlagan.
Prezidentlik davrida Xose Muxika saroyda yashashdan bosh tortgan, buning ustiga maoshining katta qismini xayriya ishlariga sarflagan. U prezidentlik lavozimini egallagan paytda uning yagona mulki 1987 yilgi Volkswagen Beetle avtomobili edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi