Foto: Getty Images
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan uchrashish istagini bildirgani, bunga tayyorgarlik koʻrilayotganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
“U (Putin) uchrashmoqchi. Biz tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Prezident Putin uchrashuv oʻtkazishni xohlaydi, u buni hatto ochiqchasiga ham aytdi. Biz (urushga) yakun yasashimiz kerak”, dedi Tramp.
U Putin va Xitoy raisi Si Szinpin ishtirokida uch tomonlama uchrashuv oʻtkazish ehtimoliga keyinroq aniqlik kiritishini aytdi.
“Tramp uchrashuv qachon oʻtkazilishi mumkinligini ham aniqlamagan”, deydi Reuters.
Kreml Trampning soʻzlariga hozircha izoh bermagan. Biroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar Tramp 20 yanvar kuni inauguratsiyadan keyin Rossiya prezidenti bilan bogʻlanish niyatida qolsa, Moskva buni faqat olqishlashini aytgandi.
“Agar lavozimga kirishganidan keyin oliy darajadagi aloqalarni tiklash uchun siyosiy iroda saqlanib qolsa, albatta, prezident Putin buni faqat olqishlaydi”, degan u.
Ehtimoliy uchrashuv
Tramp avvalroq Putin bilan muzokaralar u lavozimga kirishganidan keyin olti oy ichida oʻtishini taxmin qilgandi. Peskov hozircha Amerika tomonidan bunday uchrashuvga soʻrovlar kelib tushmaganini aytgan. Putinning oʻzi dekabr oyida toʻgʻridan-toʻgʻri Tramp bilan uchrashishga tayyorligini bildirgan.
Noyabr oyida, Trampning prezidentlik saylovlaridagi gʻalabasidan bir hafta oʻtgach, Washington Post gazetasi saylangan prezident Putin bilan telefon orqali gaplashganini va Ukrainadagi urushni muhokama qilganini yozgandi. Kremldagilar bu ma'lumotni “sof uydirma” deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi