Foto: Getty Images
Germaniya kansleri Olaf Shols tashqi ishlar va mudofaa vazirlari Annalena Berbok hamda Boris Pistorius taklif etgan Ukrainaga 3 milliard yevrolik harbiy yordam koʻrsatishni toʻxtatib qoʻydi. Bu haqda ishonchli manbalarga tayanib, Der Spiegel xabar berdi.
Manbalarga koʻra, ikki vazir 2024 yil noyabr oyida hukmron koalitsiya tarqalib ketganidan soʻng yangi moliyaviy yordam ustida ish boshlagan. Ular Kiyevga zarur qurol-yarogʻlarni etkazib berishni 23 fevralda boʻlib oʻtadigan Germaniyadagi federal saylovlargacha kelishib olishni rejalashtirgan.
Yordam paketiga uchta Iris-T havo hujumidan himoya tizimi, Patriot zenit-raketa tizimlari uchun snaryad va raketalar, oʻnta gʻildirakli gaubitsalar, artilleriya oʻq-dorilari kiritilgandi. Ushbu yordam xarajatlarini rejadan tashqari ravishda parlamentning byudjet qoʻmitasi orqali amalga oshirish moʻljallangan. Ilgari ham Berlin Ukrainaga yordam berish uchun shunday yoʻl tutgandi.
Byudjet qoʻmitasiga murojaatida vazirlar soʻnggi oylarda Kiyevning jang maydonidagi ahvoli yomonlashganini ta'kidlagan. Shuningdek, Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin AQShning kelajakdagi yordami borasidagi noaniq istiqbollarni koʻrsatib oʻtgan.
Biroq Sholsning idorasi bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlamasligini ma'lum qildi. Spiegel ma'lumotlariga koʻra, kansler “boʻlajak federal hukumatni sodir boʻlgan voqea qarshisida koʻrishni istamaydi” va “tezkor harakatlarga ehtiyoj sezmaydi”.
Kanselyariya bu yil Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun Germaniya etarli mablagʻ — taxminan 4 milliard yevro ajratishini ta'kidlagan. Bundan tashqari, Kiyev muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foyda hisobidan — AQSh va Evropa ittifoqidan 50 milliard dollar miqdorida kredit olishni boshlaydi.
AQShning Kiyevga yordami ikki asosiy yoʻl bilan amalga oshiriladi: Pentagon omborlaridan harbiy mol-mulkni joʻnatuvchi PDA tashabbusi va yangi uskunalarni sotib olishni nazarda tutuvchi USAI. Hozirgi ma'muriyat Baydenning muddati tugagunga qadar — 2025 yil 20 yanvargacha — Ukrainaga kelishilgan barcha mablagʻlarni ajratish niyatida ekanini bir necha bor e'lon qilgan. Mazkur summa taxminan 9 milliard dollarga etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Tramp Putin u bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi (video)
Zelenskiy ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishga qaror qildi
Dunyodagi eng qashshoq prezident saratondan davolanishga qarshi chiqdi