Foto: DPA
Internetdagi botlar oʻzini har xil kompaniyalar vakillari sifatida koʻrsatib, odamlarning pulini shilishga urinadi, tonnalab spam toʻkadi. Bad Bot Report nashri xabar berishicha, faqatgina 2023 yilning oʻzida tarmoqdagi botlarning ulushi 49,6 foizni tashkil etgan, bu deyarli barcha foydalanuvchilarning yarmiga teng. Ushbu koʻrsatkich muntazam oʻsib bormoqda.
Ammo bunday zararli trafikning internetdan tashqarida yanada jiddiyroq muammolarga — Er yuzidagi iqlim inqirozi kuchayishiga olib kelishi hech kimning xayoliga kelmaydi. Hozirgi kunda sayyoradagi barcha global chiqindilarning taxminan 7,4 foizi internet tarmogʻiga toʻgʻri keladi, bunday chiqindilar ajralishida odamlarning ulushi 50 foiz ham chiqmaydi. Taqqoslash uchun, barcha dengiz tashuvlari atigi 3 foiz ifloslanishga sabab boʻladi, aviatsiya hissasi esa 2,5 foizga ham etmaydi.
Texnologiyalar insoniyatning jamoaviy hamkorligini yaxshilash maqsadida yaratilgan. Biroq hozirgi kunda internet infratuzilmasidan mas'uliyatli va samarali tarzda foydalanilmayapti. Bu tartibga solinmagan, jadal rivojlanayotgan bozor. Unda atigi 20 megavattlik bitta ma'lumotlarni qayta ishlash markazi Nauru davlati aholisi iste'mol qiladigan elektr energiyasi hajmiga teng quvvat sarflaydi.
Bunday holat 10 yil avval ham kuzatilmagan, vaholanki oʻsha paytda transport va aviatsiyani dekarbonizatsiya qilish masalasi e'tiborni torta boshlagan edi. Hozirgi kunda botlar bilan bogʻliq energiya isrofi aql bovar qilmas darajaga etgan. Bu resurslarning insoniyatga hech qanday sezilarli naf keltirmasdan behuda sarflanishidir — faqatgina aholining muayyan qismi axborot chiqindilari hisobiga boyib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi