Foto: reuters.com
Janubiy Koreyaning Muan aeroportida halokatga uchragan Jeju Air samolyotining ikkala registratorida ham parvozning soʻnggi daqiqalari qayd etilmagan. Koreya transport vazirligining ma'lum qilishicha, qora qutilar halokatga toʻrt daqiqa qolganda yozib olishni toʻxtatgan, deb xabar berdi Yonhap.
Samolyot ertalab soat 9:03 da halokatga uchradi, ikkita registrator 8:59 da ma'lumotlarni yozib olishni toʻxtatgan. Parvoz haqidagi soʻnggi daqiqalarning yoʻqligi halokatni tekshirishni qiyinlashtiradi. Biroq agentlik qayd etganidek, yozuvlar tergovchilar uchun yagona manba emas. “Tekshiruv turli axborot manbalari, jumladan, havo harakatini boshqarish yozuvlari, halokat videolari va voqea joyidagi qoldiqlar tahlilini oʻz ichiga oladi”, deya tergov guruhi soʻzlaridan iqtibos keltirgan Yonhap agentligi.
Foto: TASS
Ayni paytda Vashingtonda qora qutilar tahlil qilinmoqda. Yonhap agentligi xabariga koʻra, tergovni davom ettirish uchun yozib olish uskunalari dushanba kuni Koreyaga qaytariladi.
29 dekabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:07 da Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 yoʻlovchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchradi. Tailandning Bangkok shahridan Janubiy Koreyaning Muan shahriga uchayotgan samolyot qoʻnish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketgan va panjaraga urilgan, shundan soʻng u ikki qismga boʻlingan va yonib ketgan, 177 nafardan ortiq odam halok boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda