Foto: AP
Grenlandiya Vashington tomonidan Rossiyaga yaqinroq joyda raketalarni joylashtirish maydoni sifatida koʻrilmoqda. Bu haqda sobiq amerikalik dengiz piyodasi Brayan Berletik ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.
"AQShning Grenlandiyadagi harbiy mavjudligini kuchaytirishidan yana bir aniq ustunlik bu Rossiyaning Arktika dengiz yoʻllariga potentsial aralashish uchun qoʻshimcha vositalarni qoʻshishdir. Bu gʻarbda Alyaskaning sharqda AQShga allaqachon berayotgan yordamiga oʻxshash imkoniyat boʻladi", deya qoʻshimcha qildi u.
Avvalroq Rossiyaning Daniyadagi elchisi Vladimir Barbin AQSh Grenlandiyada yadroviy qurol tashuvchi F-35 qiruvchi samolyotlari uchun aerodrom infratuzilmasini yaratayotgani haqida xabar bergandi.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bir necha bor Grenlandiya Qoʻshma Shtatlarning bir qismi boʻlishi kerakligini ta'kidladi.
Tramp Grenlandiyani oʻzlashtirmoqchi
Tramp bir necha bor Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, orol milliy xavfsizlik va himoya uchun, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoyalanishda strategik ahamiyatga ega.
Grenlandiya bosh vaziri Muke Egede orol “hech qachon sotilmaydi” deb javob berdi. Shu bilan birga, u orol Daniyadan mustaqillikka erishmoqchi ekanini tan oldi. Grenlandiya 1953 yilgacha Daniya mustamlakasi boʻlgan va hozirgacha qirollikning bir qismi boʻlib qolmoqda. 2009 yilda orol oʻzini oʻzi boshqarish va ichki siyosatda mustaqil tanlov qilish imkoniyati bilan avtonomiyaga ega boʻldi.
Bloomberg manbalariga koʻra, Tramp jamoasi Grenlandiya bilan qiziqishgan, chunki orolda elektron qurilmalarda ishlatiladigan oltin, olmos, uran va nodir metallarning katta zaxiralari mavjud. AQShning Grenlandiya mineral-xom ashyo sektoriga kiritgan sarmoyasi dunyoning nodir metallar bozorida Xitoyning hukmronligiga qarshi kurashda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.
Trampning tahdidlari fonida Daniya Grenlandiya mudofaasini kuchaytirib, gerbini oʻzgartirdi. Qirol Frederik X Norvegiya va Shvetsiya bilan ittifoqqa ishora qilgan va 500 yildan ortiq vaqt davomida gerbda boʻlgan uchta tojni olib tashlashni buyurdi.
Grenlandiya va Farer orollari ramzlari — oq ayiq va qoʻchqor ikki qismga boʻlinib, ikkinchi va uchinchi maydonlarga koʻchirildi, ya'ni kattalashtirildi. Daniya va Janubiy Yutlandiya ramzlari esa birinchi va toʻrtinchi maydonlarga oʻtkazildi.
CNN ma'lumotlariga koʻra, prezident maslahatchilari Daniya amaldorlarini AQShning saylangan prezidenti Grenlandiyaga nisbatan jiddiy niyatda ekani haqida ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?