Foto: yahoo.com
Kaliforniya janubining kattagina qismi, jumladan 13 million aholi yashovchi Los-Anjeles aglomeratsiyasi 7 yanvardan buyon yongʻinlar ichida qoldi. Hozirga qadar 16 nafar qurbon haqida ma'lum, evakuatsiya zonasi 180 ming kishini qamrab olgan, 12 mingdan ortiq uy vayron boʻlgan. Bir qancha nufuzli mahallalar, jumladan qator taniqli shaxslarning uylari yonib ketgan.
Olov Hollivud tepaliklariga qadar etib borib Los-Anjelesning asosiy diqqatga sazovor maskanlari — Hollywood belgisi, Sanset va Shon-shuhrat xiyoboni bulvarlariga tahdid solmoqda. Kaliforniyadagi yongʻinlar — kamyob hodisa emas, ammo koʻp yillardan buyon bu qadar vayronkor boʻlmagandi. Bir necha omil bir vaqtga toʻgʻri kelishi — «ideal boʻron»ga sabab boʻlgan.
Qurgʻoqchilik
Umuman olganda, Kaliforniyada yanvar oyi yomgʻirlar mavsumi hisoblanadi. Ammo bu erga 2024 yil bahoridan buyon yomgʻir tushmagan.
Odatiy mavsumiylikning buzilishi — iqlim oʻzgarishi oqibatidir, deyiladi amerikalik iqlimshunoslar guruhining 9 yanvar kuni nufuzli Nature ilmiy jurnalida chiqqan maqolasida. Kaliforniyada soʻnggi oʻn yillikda buyon quruq ob-havo hukm surmoqda. 2022 va 2023 yillarda esa juda koʻp yomgʻir yogʻgan. Bu esa oʻt-oʻlan, butalar va daraxtlar gurkirab oʻsishiga yoʻl ochgan. Keyin esa 2024 yil quruq kechdi — barcha oʻsimliklar tezlik bilan qurib qolgan va yongʻinlar uchun ideal yonilgʻiga aylangan.
Shamol
2025 yil yanvarida alohida tabiat hodisasi — Santa-Ana shamoli esdi. Bu katabatik yoki qulovchi shamol deb ataladi: u qit'a ichkarisidagi baland togʻlardan vodiy tomon tushib keladi va issiq quruq havo bilan birgalikda sahro changlarini ham oʻzi bilan olib yuradi.
Santa-Ana shamoli dekabr va yanvar oylarida esishi — oʻrmon yongʻinlarini qoʻzgʻatishi kabi kamdan kam uchraydigan holatdir. Bu safar u ayniqsa kuchli boʻlib chiqdi — ayrim joylarda soniyasiga 45 metr tezlikda harakatlandi (bu Amerika Milliy boʻronlar markazi tasnifiga koʻra, besh toifadagi dovullarning ikkinchisiga toʻgʻri keladi).
Shamol hamon tingani yoʻq va bu yongʻin oʻchoqlarini jilovlashni sezilarli darajada murakkablashtirmoqda.
Oʻt oʻchirish xizmatining muvaffaqiyatsizligi
Los-Anjeles oʻt oʻchiruvchilari favqulodda vaziyatga tayyor boʻlmagani siyosiy spekulyatsiya mavzusiga ham aylandi. Shunchalikki, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp roʻy bergan hodisalarda ishchilar kollektivida ijtimoiy xilma-xillikni ta'minlashga qaratilgan kadrlar siyosatini aybladi. Uning fikricha, goʻyoki eng malakali odamlar oʻrniga ular kvota boʻyicha turli irqiy, jinsiy va gender mansublik boʻyicha yollashgan — yakunda ishlaydigan odam topilmagan.
Apu Gomes / Getty Images
Bundan tashqari, koʻpchilik— bu faqatgina Trampning tarafdorlari bilan cheklanmaydi — Los-Anjeles meri Karen Bassni shahar yongʻinga qarshi kurash departamenti byudjetini 23 million dollarga qisqartirgani uchun qattiq tanqid qilishmoqda.
Bu esa adolatdan emas. 2024 yil iyunida, byudjet tasdiqlanganida, meriya hali oʻt oʻchiruvchilarning kasaba uyushmalari bilan maoshlarni oshirish boʻyicha muzokaralarni yakunlamagandi. Keyinroq, noyabr oyida, departament zaxira fondidan qoʻshimcha mablagʻ oladi, yakunda uning 2025 yil uchun byudjeti bir yil oldingiga qaraganda 53 million dollar boʻladi.
Bu baribir etarli boʻlmagani va etarli boʻlishi mumkin emasligi esa boshqa ish. Departament rahbari Kristin Krouli soʻnggi oylar mobaynida, uzoq davom etgan qurgʻoqchilikdan keyin yongʻinlar chiqishini taxmin qilib, merga oʻz idorasidagi ogʻir holat bayon etilgan eslatmalarni yuborgan. Uning xodimlari va moddiy ta'minot roʻyxati (oʻt oʻchirish stantsiyalari ham) 1960 yillardan buyon deyarli oʻzgarmagandi, holbuki oʻtgan vaqt davomida Los-Anjeles aholisi millionlab kishiga koʻpaydi, chaqiruvlar miqdori esa besh baravar oshgan. Oʻt oʻchiruvchilarga vaziyatni tuzatish uchun nafaqat mablagʻ, balki vaqt ham kerak boʻlgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi