Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi

Dunyo1 daqiqa o'qish380
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Foto: Myung J. Chun/Los Angeles Times/Getty Images
Southern California Edison kompaniyasining ma'lum qilishicha, yongʻin xavfsizligi xodimlari uning uskunalarini San-Fernando yaqinidagi «Hyorst» yongʻiniga aloqador boʻlishi mumkinligini tekshirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kompaniya taqdim etgan hujjatlarda Eagle Rock Sylmar elektr uzatish liniyasiga ulangan minorada simning uzilishi qayd etilgan. Hozircha uzilish yongʻindan oldin yoki keyin sodir boʻlgani noma'lum.

«Hyorst» yongʻini 7 yanvar kuni kechqurun boshlandi va 312 gektar maydonni qamrab oldi. Kaliforniya oʻrmon xoʻjaligi va yongʻindan himoya qilish departamentiga koʻra, uning 70 foizi nazoratga olindi. Edison kompaniyasi uskunalari halokatli yongʻinga aloqador boʻlishi mumkinligi haqidagi xabardan keyin investorlarning xavotirlari fonida kompaniya aktsiyalari narxi tushib ketdi.

Rasmiy ma'lumotlarga koʻra, yongʻin qurbonlari soni 16 kishiga yetdi, yana 13 kishi bedarak yoʻqolgan. 12 yanvar kuni oʻzgaruvchan shamollar yongʻinni Brentvud va San-Fernando vodiysi togʻ etaklari sharqidagi ilgari zarar koʻrmagan hududlarga olib bordi.

Avvalroq Los-Anjeles politsiyasi shahar chekkasida sodir boʻlgan yongʻin boʻyicha gumonlanuvchini qoʻlga olgan edi. U mahalliy aholi tomonidan ushlanib, keyin politsiyaga topshirilgan. U 30 yoshli uysiz erkak boʻlib chiqdi. U oʻrmonga oʻt qoʻygani taxmin qilinmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?