Amerikaning Patriot Polling tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Grenlandiyada respondentlarning aksariyati AQShga qoʻshilishni yoqlaydi.
Mazkur soʻrovda 416 kishi ishtirok etdi. 2024 yil yanvar holatiga koʻra, orol aholisi 56 669 kishini tashkil etadi.
Respondentlarning 57,3 foizi Grenlandiyaning AQShga qoʻshilishi uchun ovoz bergan boʻlsa, 37,4 foizi qarshi ovoz bergan. Ularning 5,3 foizi javob berishdan bosh tortgan. Bu soʻrov AQShdan tashqarida birinchi marta oʻtkazildi.
Patriot Polling reyting agentliklari tomonidan 249-oʻrinni egallab, 3 balldan 1,1 ballga ega. U soʻrovlarning uslubiy shaffofligi asosida tuzilgan.
Orolni anneksiya qilish masalasi AQShning boʻlajak prezidenti Donald Tramp ushbu hududni qoʻlga kiritish rejasini e'lon qilganidan keyin ayniqsa dolzarb boʻlib qoldi. U Grenlandiyani qoʻshib olishni "mutlaq zarurat" deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hind kinosi qiroli Shohrux Xon hozirgi kunda qanday koʻrinishda?
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi
Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?