Foto: The New York Times
Meta rahbari va Facebook asoschisi Mark Tsukerberg AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida shaxsiy uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar bermoqda Bildga tayanib Daryo nashri.
Amerika ommaviy axborot vositalariga koʻra, Tsukerberg uchrashuvga Gulfstream G650 rusumli shaxsiy samolyotida kelgan.
Foto: Bild
Uchrashuv mavzusi hozircha noma'lum. Ular avval ham hukumatning kelajakdagi siyosatini muhokama qilish maqsadida uchrashgan, shuningdek, bir necha bor telefon orqali suhbatlashgan.
Tsukerberg “jahon miqyosidagi tsenzura”ga qarshi kurashish uchun Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bir necha bor ta'kidlagan. Soʻnggi intervyularidan birida u Jo Bayden ma'muriyatini tanqid qilib, uni koronavirus pandemiyasi paytida Facebook’ka ma'lum xabarlarni oʻchirish uchun bosim oʻtkazganlikda ayblagan.
2024 yilning noyabr oyi oxirida Trampning maslahatchisi Stiven Miller Tsukerberg Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida boʻlajak davlat rahbari bilan uchrashganini ma'lum qilgandi.
Maslahatchining soʻzlariga koʻra, Tsukerberg Tramp olib borayotgan oʻzgarishlarning tarafdori ekanini aytgan va bu harakatlar ishtirokchisi boʻlish istagini bildirgan.
"Markning oʻz manfaatlari borligi aniq: uning oʻz kompaniyasi va rejalari bor. Ammo u Tramp boshchiligida Amerikaning milliy yangilanishini qoʻllab-quvvatlamoqchi ekanini ochiq aytdi", degan edi Miller.
Tramp avvalroq Tsukerbergni tanqid qilgan edi. Boʻlajak prezident oʻzining “Amerikani qutqarish” kitobida biznesmenni 2020 yilgi saylovlarga aralashishga urinishda ayblab, uni qamash bilan tahdid qilgan.
Meta asoschisi iyul oyida respublikachiga uyushtirilgan suiqasddan soʻng saylovlarda Trampga ovoz berishni rejalashtirayotganini aytgandi.
Bundan tashqari, Tsukerberg Trampning inauguratsiyasiga bir million dollar xayriya qilgan, buni koʻplab tahlilchilar kelajakdagi ma'muriyat bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga urinish sifatida baholashgan.
Avvalroq Meta korporatsiyasi Facebook va Instagram’dagi faktlarni tekshirish mexanizmini bekor qildi va foydalanuvchilarga Ilon Maskning X platformasidagi kabi yolgʻon yoki chalgʻituvchi xabarlarni oʻzlari belgilash imkoniyatini berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi