Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi

Foto: glavred
Slovakiya Ukraina orqali gaz tranzitini toʻxtatish oqibatida yiliga taxminan 500 million kub metr xom ashyoni yoʻqotadi. Bu haqda respublika bosh vaziri Robert Fitso ma'lum qildi. Shu munosabat bilan u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi.
“Men ish dasturingizning jiddiyligini toʻla anglagan holda sizni uchrashuvga taklif etmoqchiman. Bunday uchrashuv Slovakiya va Ukraina hududi orqali boshqa mamlakatlarga gaz yetkazib berish, shuningdek, 31 dekabr kuni Ukraina va Rossiyaning tegishli kompaniyalari oʻrtasidagi shartnoma bekor qilinishini hisobga olgan holda mumkin boʻlgan texnik yechimlar haqida ochiq suhbat oʻtkazish uchun qulay sharoit yaratadi”, deb yozadi Fitso Facebook’dagi sahifasida.
Joriy yilning 1 yanvar kuni “Gazprom” Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi bilan shartnoma muddati tugaganligi sababli Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni toʻxtatdi. Fitso avvalroq Slovakiya Rossiya gazi tranzitining toʻxtatilishi tufayli Ukrainaga nisbatan qat'iy choralar koʻrishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
U, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Slovakiyaga gaz yetkazib berish barqaror tarzda amalga oshirilishini kafolatlagani haqida aytgan. 10 yanvar kuni Fitso shartnoma muddati tugagan boʻlsa-da, “Gazprom” respublikaga gaz yetkazib berishni yoʻlga qoʻya olishi mumkinligini qayd etgan.
Avvalroq Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyning harbiy yordam soʻrashini tanqid qilib, uni “tilanchi” deb atagandi.
Robert Fitsoning bayonoti parlament qoʻmitasining yigʻilishida yangradi. Unda bosh vazir Ukraina orqali Rossiya gazining Slovakiyaga tranzitini toʻxtatish oqibatlari haqida gapirdi. Fitso Ukraina yetakchisini ishonchsiz deb atab, “boʻgʻzimgacha toʻydim”, deya norozilik bildirdi.
“Men bu yerga Zelenskiy bilan bir safda boʻlish uchun kelganim yoʻq. Tan olaman, bu mening jonimga tegdi. U Yevropani kezib yuribdi, tilanchilik qilib, shantaj qilib, boshqalardan pul soʻrab yuradi. Bu narsaga chek qoʻyish vaqti keldi”, dedi Slovakiya bosh vaziri.
Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini shu munosabat bilan Ukrainaga tashrif buyurishdan bosh tortishini ma'lum qildi. U prezidentlik lavozimida barcha qoʻshni mamlakatlarga tashrif buyurgan, biroq avvalroq bunday tashrif rejasini e'lon qilgan boʻlsa-da, shu paytgacha Kiyevda boʻlmagan.
“Bunday vaziyatda hozircha mening Ukrainaga borishim haqida gap boʻlishi mumkin emas. Agar men u yerga faqat surat olish uchun borishim kerak boʻlsa-yu, Slovakiyaga bir tomchi ham neft va gaz bormasligi aytilsa, u holda mening u yerga borishimning hojati yoʻq. Hech kim mendan xafa boʻlmasin”, degan u.
Fitso Kiyevning qarorini “oʻta siyosiy” deb atagan va bu qaror Slovakiyaga ham, butun Yevropa Ittifoqiga ham zarar yetkazishini bildirgan. Bunga javoban u elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatish, ukrainalik qochqinlarga beriladigan nafaqalarni qisqartirish, Ukrainaning Yevropa ittifoqiga a'zo boʻlishini toʻsib qoʻyish va Kiyevga insonparvarlik yordamini yuborishni toʻxtatish bilan tahdid solgan.

Izohlar 0
…