2025 yil 14 yanvar kuni AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi 37 ta Xitoy kompaniyasini uygʻurlarning majburiy mehnatidan foydalanayotgan korxonalar roʻyxatiga qoʻshganini ma'lum qildi.
2021 yilda Qoʻshma Shtatlar uygʻurlarning majburiy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgandi (Uygʻurlarning majburiy mehnatini oldini olish qonuni, Uyghur Forced Labor Prevention Act, UFLPA).
Bir qator inson huquqlari tashkilotlariga koʻra, Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida XXR markaziy organlari asosan musulmonlardan iborat mahalliy aholi vakillarini ta'qib qilmoqda. Oʻshandan beri AQSh rasmiylari Shinjonda majburiy mehnatdan foydalanayotgani taxmin qilinayotgan Xitoy kompaniyalari roʻyxatini saqlab kelmoqda va bu kompaniyalar mahsulotlarini AQShga olib kirishni taqiqlagan.
Kecha, 14 yanvar kuni roʻyxatga, xususan, Xitoyning eng yirik toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilaridan biri – Huafu Fashion, shuningdek, uning 25 ta shoʻ'ba korxonalari kiritilgan. Shuningdek, Donghai JA Solar va Jiangsu Meike Solar kabi yirik quyosh panellari ishlab chiqaruvchilari ham tilga olinadi. Roʻyxatga bir nechta akkumulyator ishlab chiqaruvchilari va konchilik kompaniyalari ham kiritilgan.
Milliy xavfsizlik departamentining bugungi e'loniga koʻra, UFLPAga tegishli Xitoy kompaniyalarining umumiy soni 144 taga etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi