Foto: IMAGO
Moskva sudi AQShning Google kompaniyasini belgilangan ma'muriy jazoni bajarishdan boʻyin tovlagani uchun 8 milliard rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Moskva umumiy yurisdiktsiya sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
«Poytaxt sudi Google LLC ni ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Moskva shahri Nagorniy tumani 235-sonli sud uchastkasi sudyasining qarori bilan Google LLC ga 8 milliard rubl miqdorida jarima belgilandi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ishni Moskvaning Chertanovo tuman sudi koʻrib chiqqan. Sudda aynan qaysi holat boʻyicha ish koʻrib chiqilganiga oydinlik kiritilmagan.
2024 yilning oktyabr oxirlarida Rossiya sudi YouTube videoxostingida mahalliy telekanallarning akkauntlari tiklab berilishi borasidagi talablari bajarilmagani uchun Googleʼni 2 undetsillion rubl (2 raqamidan keyin 36 ta nol bor) jarimaga tortgandi.
2023 yil dekabrda Moskvaning Taganka sudi Google kompaniyasiga Rossiyada taqiqlangan ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan materiallarni YouTubeʼdan olib tashlamagani uchun 4,6 milliard rubl jarima belgilagan edi. Shuningdek, Amerika kompaniyasi 2022 yilda 21,07 milliard rubl, 2021 yilda esa 7,2 milliard rubl jarimaga tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)