12:51 / 16.01.2025
171

Daniya bosh vaziri Tramp bilan Grenlandiya taqdirini muhokama qildi

Daniya bosh vaziri Tramp bilan Grenlandiya taqdirini muhokama qildi
Kollaj: “Daryo”
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali 45 daqiqa muloqot qildi. Bu haqda bosh vazir kantselyariyasi xabar berdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Siyosatchilar oʻrtasidagi suhbat ikki tomonlama munosabatlar va Grenlandiyaning maqomiga bagʻishlandi. Frederiksen Arktikada xavfsizlikni mustahkamlash muhimligini ta'kidlab, Daniya buning uchun yanada katta mas'uliyatni oʻz zimmasiga olishga tayyorligini aytdi.

Frederiksen Grenlandiya bosh vaziri Mute Egedening orol sotilmasligi, mustaqillik toʻgʻrisidagi qarorni Grenlandiyaning oʻzi qabul qilishi kerakligi haqidagi bayonotiga toʻxtaldi.

Bosh vazir Daniya kompaniyalari Qoʻshma Shtatlarda oʻsish va ish oʻrinlarini yaratishga hissa qoʻshayotganini, Evropa ittifoqi va Qoʻshma Shtatlar savdoni mustahkamlashdan umumiy manfaatdor ekanini ta'kidladi”, deyiladi xabarda.

Tramp bilan muloqotda Ukrainadagi urush, Yaqin Sharqdagi vaziyat va Xitoy bilan munosabatlar ham muhokama qilingan. Ammo bu borada batafsil ma'lumot berilmagan.

Tramp Grenlandiyani oʻzlashtirmoqchi

AQShning saylangan prezidenti bir necha bor Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytgandi. U orol milliy xavfsizlik va himoya uchun, jumladan, Xitoy va Rossiyadan himoyalanishda strategik ahamiyatga egaligini aytgan. Grenlandiya bosh vaziri Muke Egede bunga javoban orol “hech qachon sotilmaydi” deb javob bergan. Shu bilan birga, u orol Daniyadan mustaqillikka erishmoqchi ekanini tan olgan. U Tramp bilan ayrim masalalarni muhokama qilishga tayyor.

Bloomberg manbalariga koʻra, Tramp jamoasi Grenlandiya bilan qiziqishgan, chunki orolda elektron qurilmalarda ishlatiladigan oltin, olmos, uran va nodir metallarning katta zaxiralari mavjud. AQShning Grenlandiya mineral-xom ashyo sektoriga kiritgan sarmoyasi dunyoning nodir metallar bozorida Xitoyning hukmronligiga qarshi kurashda hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin.

Trampning tahdidlari tufayli Daniya Grenlandiya mudofaasini kuchaytirib, gerbini oʻzgartirgan. Qirol Frederik X Norvegiya va Shvetsiya bilan ittifoqqa ishora qilgan va 500 yildan ortiq vaqt davomida gerbda boʻlgan uchta tojni olib tashlashni buyurgan.

Grenlandiya va Farer orollari ramzlari — oq ayiq va qoʻchqor ikki qismga boʻlinib, ikkinchi va uchinchi maydonlarga koʻchirilgan, ya'ni kattalashtirilgan. Daniya va Janubiy Yutlandiya ramzlari esa birinchi va toʻrtinchi maydonlarga oʻtkazildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo