17:18 / 17.01.2025
100

Shimoliy Koreya harbiylari ilk bor Moskvada 9 may paradida qatnashadi

Shimoliy Koreya harbiylari ilk bor Moskvada 9 may paradida qatnashadi
Foto: AFP
Shimoliy Koreya harbiylari 9 may kuni Moskvada SSSRning natsistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalabasining 80 yilligiga bagʻishlangan paradda ishtirok etadi. Bu haqda 16 yanvar, payshanba kuni Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Uning suhbatdoshlariga koʻra, KXDR harbiylarining ushbu paradda ishtirok etishi haqidagi qaror allaqachon qabul qilingan. Gap Shimoliy Koreyaning bir necha oʻnlab harbiy xizmatchilari haqida bormoqda. Bungacha KXDR harbiylari Rossiyadagi «Gʻalaba paradi»da hech qachon qatnashmagan. Bundan tashqari, NHK boshqa manbalari xabar berishicha, Shimoliy Koreya harbiy orkestri avgust oyi oxirida Moskvadagi musiqiy tadbirda ishtirok etadi.

2024 yil 30 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Telegramʼdagi kanalida idora rahbari Andrey Belousov va Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng Moskva Pxenyanni paradda ishtirok etishga taklif qilganini yozdi.

15 yanvar kuni Belousov Gʻalaba paradiga tayyorgarlik boshlanganini e'lon qildi. Bu yil u Moskvada, sakkizta qahramon shaharda va harbiy shtablar joylashgan yana 19 shaharda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Vazirning soʻzlariga koʻra, paradga 19 ta «doʻst» davlatdan harbiy qismlar taklif qilingan, ulardan 10 tasi, jumladan, sobiq SSSRning etti davlati ishtirokini tasdiqlagan.

"Meduza" nashrining yozishicha, Kreml paradga AQShdan yuqori martabali amaldor kelishini kutmoqda. «Parad BRIKS 2.0 sammitiga aylanishi mumkin — bu jiddiy izolyatsiya yoʻqligini koʻrsatadi. Agar koʻrsatsa, albatta. Lekin ular albatta harakat qilishadi», — dedi "Meduza" manbasi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo