date
views 478

Germaniyada erkak soatiga 280 km tezlikda harakatlangan poyezdga osilib oldi

Germaniyada erkak soatiga 280 km tezlikda harakatlangan poyezdga osilib oldi
Foto: Getty Images
Germaniyada chiptasiz erkak soatiga 280 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlangan poyezdga osilib olib, qariyb 30 kilometr masofani bosib oʻtdi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilishicha, Vengriya fuqarosi boʻlgan 40 yoshli erkak Myunxendan Germaniya shimolida joylashgan Lyubekka ketayotgan poyezdga chiptasiz chiqib olgan. Poyezd Myunxendan 70 kilometr shimolda joylashgan Ingolshtadt stantsiyasida toʻxtagan vaqtda, yoʻlovchi tamaki chekish uchun platformaga chiqqan. Shu vaqt poyezd eshiklari yopilib, harakatlanishni boshlagan va erkak vagonlar orasidagi ochiq joyga kirib, torsga osilib olgan.

Politsiya ma'lumotiga koʻra, poyezd soatiga 282 kilometr tezlikda harakatini davom ettirgan. Oradan koʻp oʻtmay mashinist Ingolshtatddan 30 kilometr uzoqlikda poyezdni toʻxtatgan va chiptasiz yoʻlovchi qoʻlga olingan.

Politsiya tomonidan soʻroq qilingan vaqtda yoʻlovchi chamadoni va barcha hujjatlari poyezd ichida qolgani uchun unga osilib olishga majbur boʻlganini bildirgan. Xavfli sayohatga qaramay, erkakka hech qanday jarohat etmagan. U chiptasiz harakatlangani va jamoat tartibini buzgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada erkak soatiga 280 km tezlikda harakatlangan poyezdga osilib oldi