16:46 / 18.01.2025
183

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmagan maktab oʻquvchilarida qanday oʻzgarishlar sodir boʻldi?

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmagan maktab oʻquvchilarida qanday oʻzgarishlar sodir boʻldi?
Londonning Nyuxem shahridagi Cumberland Community School nomli oʻrta maktab oʻquvchilarida ajoyib tadqiqot oʻtkazildi. Bolalar ma'lum muddatga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni toʻxtatgach, ularning oʻqishdagi baholari va yutuqlarda oʻsa boshladi, deb yozadi Hi-tech.mail.ru.

Foto: Freepik
2023 yilda GCSE (General Certificate of Secondary Education — oʻrta maktab bitiruv imtihonlari)ga tayyorgarlik koʻrayotganda oʻquvchilar TikTok, Snapchat va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarni oʻchirib tashlashdi, ba'zi oʻquvchilar hatto smartfonlardan butunlay voz kechishdi. Ushbu metod shunchalik muvaffaqiyatli boʻldiki, maktab keyingi oʻquv yilida ham tajribani takrorlab, yanada yaxshi natijalarga erishdi.

Smartfon va ijtimoiy tarmoqlarsiz oʻquv dasturi joriy etilgandan beri oʻquvchilarning umumiy reytingi va umumiy baholari bir ballga oshdi. Natijada mazkur maktab Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi ta'lim tashkilotlaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda GCSE imtihonlarini topshirayotgan oʻquvchilarining 62 foizi ingliz tili va matematika fanlari boʻyicha kamida 5 ball olmoqda, bu mamlakatdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 16 foizga yuqoridir.

Tadqiqotdan ma'lum boʻldiki, bolalar diqqatini chalgʻitadigan barcha narsalar cheklanganda ularning oʻqishga boʻlgan qiziqishi osha boshlaydi”, dedi maktab direktori Ehlas Rahmon.

Imtihon paytida ijtimoiy tarmoqlardan voz kechgan Cumberland Community School oʻquvchilari
Foto: Daily Mail

Ma'lumotlariga koʻra, Buyuk Britaniyadagi 11 yoshli bolalarning 90 foizi hozirda shaxsiy smartfoniga ega va ularning 99 foizi internetda koʻp vaqt oʻtkazadi. Ijtimoiy tarmoqlardan haddan ortiq foydalanish esa yoshlarda ruhiy salomatlik va oʻqishdagi reytingning pastligi bilan uzviy bogʻliq.

Besh yil avval maktabimiz oʻquv reytingi juda past edi. Hozirda maktabimiz natijalari bilan faxrlanamiz va bizda oʻtkazilgan tajriba boshqa ta'lim muassasalarini ilhomlantiradi, deb umid qilamiz”, dedi maktab direktori Ehlas Rahmon.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo