Qirg‘iziston prezidenti maslahatchisini ishdan bo‘shatdi

Qirg‘iziston prezidenti maslahatchisini ishdan bo‘shatdi
Qirg‘iziston prezidenti maslahatchisini ishdan bo‘shatdi

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambaev maslahatchisi Ikromjon Ilmiyanov Sattorovichni o‘z lavozimidan ozod etdi. Bu haqdagi farmon 27 oktyabr kuni imzolandi, deya xabar bermoqda Qalampir.uz sayti.

“Ilmiyanov Sattorovich boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti maslahatchisi lavozimidan ozod etiladi”, deyiladi farmonda.

Ma’lumot uchun, Ikromjon Ilmiyanov Almazbek Atambaev davlat rahbari lavozimini egallab kelgan vaqtdan buyon nufuzli mansablarda faoliyat yuritib kelgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar