08:00 / 20.01.2025
290

Husiylar jahon iqtisodiyotiga 200 mlrd dollar zarar etkazgani ma'lum qilindi

Husiylar jahon iqtisodiyotiga 200 mlrd dollar zarar etkazgani ma'lum qilindi
Foto: Getty Images
Yaman husiylari Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujum qilishi tufayli 2024 yilda jahon iqtisodiyoti 200 milliard dollar zarar koʻrdi. Dengiz orqali yuk tashish narxi besh baravar oshdi. Bu haqda The Economist xabar berdi.

Misr eng katta va toʻgʻridan toʻgʻri zarar koʻrgan, u Suvaysh kanalidan 7 milliard dollar daromadni, ya'ni odatdagi daromadning taxminan uchdan bir qismini yoʻqotgan. AQSh oʻz kemalarini himoya qilish uchun 5 milliard dollar sarflagan.

Husiylar 2024 yil davomida kemalarni Afrikani aylanib oʻtishga majbur qildi. Osiyodan keladigan yoʻnalishlar taxminan olti ming kilometrga choʻzildi, yoʻl vaqti 10-14 kunga uzaydi.

Amerika razvedkasiga koʻra, yuqori tezlikda uzoqroq suzish yonilgʻi sarfini oshirib, har bir reys narxiga, taxminan, bir million dollar qoʻshdi. Qizil dengizda yuk tashish uchun sugʻurta tariflari 20 baravar oshdi.

Xitoy va Rossiya, aksincha, gʻolib chiqdi, chunki husiylar bu mamlakatlarning kemalariga hujum qilmasliklarini bildirdi. Hozirda Suvaysh kanali orqali olib oʻtilayotgan neftning katta qismi Rossiyaga tegishli. Kemachilik kompaniyalarining foydasi ham oshdi.

Umuman olganda, ta'minot zanjirlari Qizil dengizning kutilmaganda amalda blokadasi sharoitida barqarorlikni koʻrsatdi, deyiladi xabarda.

AQSh va Isroil harbiylari kemalari nishonga olinishiga javoban husiylarning harbiy ob'ektlari va tizimlariga zarbalar bermoqda. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Isroildan tashqari, dengiz kemachiligining xavfsizligini ta'minlash maqsadida operatsiyalarda Gʻarbning boshqa mamlakatlari, shu jumladan, Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.

Yaman husiylari Isroil hududini va unga aloqador kemalarni oʻqqa tutishni toʻxtatdi. Ular Isroil va HAMAS oʻrtasida tuzilgan oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimga rioya qilishini ta'kidladi. Husiylar Isroilning “mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid boʻlib qolayotgani”ni aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo