Foto: rutube.ru
Donald Tramp prezidentlikka kirishish uchun qilgan qasamyodidan soʻng darhol mehnat muhojirlariga AQShga qonuniy yoʻl bilan kirish va ishlash uchun ruxsatnoma olish imkonini beruvchi CBP One chegara oʻtish dasturini yopishni buyurdi.
Shu kunga qadar ilovadan million kishi foydalangan.
20 yanvar, dushanba kuni Qoʻshma shtatlar Bojxona va chegara xizmati veb-saytida ilova foydalanuvchilariga uning endi ishlamayotgani va sakkizta nazorat-oʻtkazish punktida kirish uchun barcha roʻyxatga olishlar bekor qilingani haqida xabar e'lon qilindi.
«Men janubiy chegaramizda favqulodda holat e'lon qilaman. Har qanday noqonuniy chegarani kesib oʻtish darhol toʻxtatiladi va biz millionlab xorijlik jinoyatchilarni oʻz mamlakatlariga qaytarishni boshlaymiz», – degan edi Donald Tramp.
Tramp Qoʻshma Shtatlarga migratsiyani cheklash uchun yanada koʻproq choralar koʻrishni rejalashtirmoqda. Ular orasida «mamlakatga halokatli bosqinni qaytarish» uchun janubiy chegaraga askarlar joʻnatish ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar