AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina urushini 100 kun ichida, ya'ni oʻz siyosiy raqiblari eng kam qarshilik koʻrsatadigan davrda hal etmoqchi. Harbiy fanlar akademiyasi muxbir-a'zosi Sergey Sudakov RT bilan suhbatda shunday dedi.
Sudakovning aytishicha, Amerikada bir an'ana bor, unga koʻra, lavozimida ish boshlagan prezident uchun «100 kunlik asal oyi» boshlanadi. Bu davrda tomonlar (prezident va uning raqiblari) bir-birlariga «tashlanmaydi». Bu tashqi siyosiy masalalarni hal etish uchun eng yaxshi payt, chunki davlatning yangi rahbariga xalaqit berishmaydi va u emin-erkinroq harakat qiladi.
Biroq 100 kun bunday rejalar uchun etarli boʻlmasligi mumkin. Ukraina urushini toʻxtatish Tramp uchun muhim, biroq markaziy vazifa emas, dedi Sudakov.
«U saylovda yutish uchun shunday qildiki, bu bosh mavzuga aylandi. Bugun esa — Xitoy, tariflar, — bunisi butunlay boshqa oʻyin. Tramp tarif siyosatini kiritgan Teodor Ruzveltga oʻxshamoqchi, uning uchun iqtisodiyot ustun», — xulosa qildi ekspert.