Respublikachiga ikkinchi marta suiqasd qilish harakati 15 sentyabr kuni Florida shtatidagi golf klubi yaqinida sodir boʻldi. Maxfiy xizmat xodimlari butalar orasida yashiringan 58 yoshli Rayan Rautga qarata oʻt ochgan. Voqea joyidan avtomobilda qochib ketmoqchi boʻlgan erkak ushlangan. Hodisa joyida nishonli AK-47 avtomati, ikkita ryukzak va GoPro kamerasi topilgan. Raut qotillikka tayyorgarlik koʻrishda ayblangan.