date
views 151

Tramp: “Neft narxi pasayganida, Rossiya va Ukraina urushi darhol tugardi”

Tramp: “Neft narxi pasayganida, Rossiya va Ukraina urushi darhol tugardi”
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tezroq tugatish uchun Saudiya Arabistoni va OPEKni neft narxlarini pasaytirishga chaqirdi. U tegishli bayonotni Davosda boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumida ma'lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Men Saudiya Arabistoni va OPEKdan neft narxini pasaytirishni soʻrayman. Toʻgʻrisini aytsam, ular buni saylovdan oldin qilmaganiga hayronman. Agar narx pasaysa, Rossiya va Ukraina urushi darhol tugardi. Ayni paytda mazkur urush davom etishi uchun narx ancha yuqori. Neft narxini pasaytirish kerak. Siz bu urushga chek qoʻyishingiz mumkin. Ular buni allaqachon qilishi kerak edi, dedi Tramp.

Hozirgi vaqtda neft narxi bir barrel uchun taxminan 80 dollarni tashkil etadi. Trampning nutqi paytida uning narxi deyarli bir dollarga tushdi. Oq uy rahbariga koʻra, uning jamoasining mojaroni hal qilish boʻyicha sa'y-harakatlari allaqachon boshlangan. Tramp Kiyev muzokaralar va kelishuvga tayyorligini aytdi.

Siyosatchi Ukrainadagi urushni yakunlash uchun yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni xohlashini ta'kidladi.

Men bu urushga yakun yasash uchun prezident Putin bilan uchrashishdan juda mamnun boʻlaman. Millionlab jonlar, ajoyib, iste'dodli yoshlar jang maydonida halok boʻlmoqda. Sodir boʻlayotgan voqealarning suratlarini koʻrdim: haqiqiy qonli qirgʻin. Men hatto iqtisodiy yoʻqotishlar, tabiiy boyliklarning yoʻqolishi haqida ham gapirmayapman. Men faqat inson hayotining yoʻqolishi haqida gapiryapman. Shaharlar vayron boʻlmoqda: bino ketidan bino qulamoqda. Biz bu dahshatni toʻxtatishimiz kerak, dedi Tramp.

AQSh prezidenti tinchlik jarayonida Xitoyning ehtimoliy roli haqida alohida toʻxtaldi. U Pekin va Vashington oʻrtasidagi munosabatlar “juda yaxshi” ekanini ta'kidladi.

Xitoy Rossiyaga ta'sir oʻtkazib, urushni darhol tugatishga majbur qilish uchun etarli kuchga ega. Biz buni Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshiramiz, dedi Tramp.

Saudiya Arabistoni AQShga 600 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi

Ushbu investitsiyalar toʻrt yilga ajratiladi va qaysi sohalarga yoʻnaltirilishi aniqlashtirilmagan. Soʻnggi yillarda AQSh Saudiya Arabistoni neft eksportiga qaramlikdan tobora uzoqlashmoqda.

Valiahd shahzodaning bayonoti AQSh prezidenti Donald Trampning izohidan keyin yangradi. Avvalroq Tramp investitsiya narxini oshirsa, birinchi xorijiy tashrifni qirollikdan boshlashini aytgandi.

Saudiya Arabistoni Amerikaga 600 milliard dollar sarmoya kiritadi, lekin men valiahd shahzodadan uni 1 trillionga aylantirishni soʻrayman, chunki u yaxshi yigit, degan AQSh prezidenti.

Ukrainaning urushni tugatish shartlari

Ukraina qoʻshinlarni 1991 yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan u erda oʻtkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.

Rossiya shartlari

Putin oʻt ochishni toʻxtatish uchun oʻz shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qoʻshinlari oʻzini oʻzi mustaqil deb e'lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu toʻrtta hudud va Qrim goʻyoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a'zolikdan voz kechishi va sanktsiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib boʻlmaydigan” ultimatum deb atadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo