AQSh prezidenti Donald Tramp Misr, Iordaniya va boshqa arab davlatlaridan Gʻazo sektoridan kelgan falastinlik qochqinlarni koʻproq qabul qilishini xohlaganini bildirdi, deb xabar berdi DW.
Tramp Iordaniya qiroli Abdulla II bilan boʻlib oʻtgan suhbatida shunday degan: «Men unga koʻproq odamni qabul qilishingizdan xursand boʻlishimni aytdim, chunki hozir Gʻazo sektorini koʻrganimda, bu haqiqiy tartibsizlik, aslida xaos. Men u odamlarni qabul qilishini xohlayman».
Shuningdek, Tramp Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan bu borada muloqot qilishni rejalashtirmoqda. «Men u odamlarni qabul qilishini istardim. Misr ularni qabul qilishi kerak. Gap 1,5 million kishi haqida ketyapti. Biz shunchaki tartib oʻrnatishimiz va «Xar doim, endi hammasi tugadi», deb aytishmiz kerak», deb ta'kidladi u.
AQSh prezidenti Iordaniya qirolini falastinlik qochqinlarni qabul qilgani uchun olqishladi, lekin Misr hukumati Gʻazo qochqinlarini qabul qilishdan bosh tortib kelmoqda.
Urushdan oldin Gʻazo sektorining aholisi 2,4 million kishini tashkil etgan, ularning koʻpchilik qismi mojaro tufayli oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar