Dollar dunyodagi eng mashhur valyuta boʻlishiga qaramay, AQSh Markaziy banki vaqti-vaqti bilan banknotlarning dizaynini oʻzgartiradi.
AQSh Zarbxonasi ma'lumotiga koʻra, valyuta xavfsizligini mustahkamlash va uni qalbakilashtirishdan himoya qilish uchun banknotlar dizayni oʻzgartiriladi. Chunki zamonaviy dunyoda qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar yanada yangi usullarni ixtiro qilmoqda.
Zarbxona xabariga koʻra, bir necha bankotlar dizayni bosqichma-bosqich oʻzgartiriladi:
- 10 dollar — 2026 yilda;
- 50 dollar – 2028 yilda;
- 20 dollar – 2030 yilda;
- 5 dollar — 2032 yilda;
- 100 dollar - 2034 yilda.
Qayd qilinishicha, 1914 yildan beri muomalaga chiqarilgan barcha dollar banknotlar amalda boʻladi. Agar holati yaxshi boʻlsa va tekshiruvdan oʻtsa, har qanday bank ularni qabul qilishi shart.
AQSh Markaziy banki vaqti-vaqti bilan dollar dizaynini oʻzgartiradi. Ushbu qadam valyutani qalbakilashtirishdan yaxshiroq himoya qilish imkonini beradi va unga boʻlgan ishonchni saqlab qoladi. Masalan, 2013 yilda ba'zi farqlarga ega yangi 100 dollar paydo boʻlgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar