07:28 / 27.01.2025
287

Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko gʻalabasini koʻrsatmoqda

Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko gʻalabasini koʻrsatmoqda
Belarusda prezidentlik saylovi uchastkalari yopildi. Dastlabki ekzit-poll natijalariga koʻra, amaldagi Aleksandr Lukashenko 87,6 foiz ovozga ega, deb yozdi BelTA.

Foto: BelTA
«Hammaga qarshi» varianti soʻrovda qatnashgan saylovchilarning 5,1% ovozini olgan. Saylovda ishtirok etgan qolgan nomzodlarning natijalari quyidagicha:

- Sergey Sirankov - 2,7%
- Oleg Gaydukevich - 1,8%;
- Anna Kanopaskaya - 1,6%;
- Aleksandr Xijnyak - 1,2%.

Markaziy saylov komissiyasining ta'kidlashicha, saylovda 52 davlatdan 486 nafar xorijiy kuzatuvchi va 44361 nafar milliy kuzatuvchi qatnashgan.

Evropa Ittifoqi Belarusdagi prezidentlik saylovini «soxta, na erkin, na adolatli» deb atadi.

Aleksandr Lukashenko bu yil qatorasiga ettinchi marta saylanmoqda. Undan tashqari yana toʻrt nomzod: Kommunistik partiyaning birinchi kotibi Sergey Sirankov, Liberal-demokratik partiyasi raisi Oleg Gaydukevich, tadbirkor ayol Anna Kanopaskaya, Mehnat va adolat respublika partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak ishtirok etyapti. Belarus muxolifati etakchisi Svetlana Tixanovskayaning aytishicha, belarusliklar ham, xalqaro hamjamiyat ham ushbu saylov natijalarni tan olmaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo