AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilning bahorida Ukrainadagi urushni yakunlamoqchi. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Kollaj: BBC
Manbalarga koʻra, Tramp Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan voz kechishi va mamlakat uchun ogʻriqli murosaga borishi mumkinligi haqidagi xavotirlar oʻrinsiz.
"Ukrainadan xavotirda boʻlganlar inauguratsiyada Araxamiya (“Xalq xizmatchisi” fraktsiyasi rahbari David Araxamiya ) ishtirok etganiga e'tibor berishi kerak. Bu juda muhim qadam boʻlib, Donald Trampning ushbu jarayon oxirida Ukraina bilan yaxshi kelishuvni ta'minlash niyatini koʻrsatadi. Bu asablarni tinchlantirishi kerak", dedi anonim manbalardan biri.
Tramp Ukrainadagi urushni hal qilish masalasiga jiddiy yondashmoqda. Oq uy rahbari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yaqin orada uchrashishi kutilmoqda.
"Zelenskiy inauguratsiyaga oʻzi borishni iloji yoʻq deb hisobladi, lekin u oʻzining ikkinchi odamini (Araxamiya) yubordi, u juda hurmat bilan munosabatda boʻldi", deb tushuntirdi manba.
Araxamiya Ukraina rasmiy delegatsiyasi AQSh prezidenti bilan fevral oyida uchrashishi mumkinligini aytdi.
U hozirda Tramp ikki davlat oʻrtasidagi urushni tugatish uchun “ikki tomonlama oʻyin” oʻtkazayotganiga e'tibor qaratdi. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mojaro tugamaguncha AQSh Kiyevni harbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligi haqida ogohlantirilgan. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Zelenskiy ham “farishta” emasligini aytgan.
"Bunday yondashuv Tramp ma'muriyatidagi urush va Ukraina qanday qoʻllab-quvvatlashga loyiqligi boʻyicha kelishmovchiliklarni aks ettiradi", deya ta'kidladi jurnalistlar. Shunga qaramay, AQSh prezidenti urushni bahorda yakunlash niyatida ekanini ochiq aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar