
Rossiyalik taniqli tadbirkor Sulaymon Kerimov bu yil ham oʻz hisobidan Saudiya Arabistoniga 5 ming musulmonni Haj ziyoratiga joʻnatishni rejalashtirgan. Ustuvorlik Ukrainadagi urush ishtirokchilari, ularning oila a'zolari va yaradorlarga faol yordam koʻrsatgan musulmonlarga berilgan.
Bu kishilarga yoʻllanmalar kasalxonalarga tashrif buyurish, reabilitatsiya markazlarida ishlash va jangovar aloqa chizigʻida gumanitar yordam koʻrsatish kabi faoliyatlar orqali taqsimlanadi.
2,5 ming vaucher Rossiya Federatsiyasining musulmonlar diniy boshqarmasi tomonidan 60 dan ortiq mintaqaga tarqatilgan diniy tashkilotlar oʻrtasida taqsimlanadi. Qolgan 2,5 ming vaucher esa Dogʻiston aholisi uchun moʻljallangan. Bu haqda muftiy shayx Ravil Gʻaynutdin juma namozida ma'lumot berdi.
Oʻtgan yili ham Sulaymon Kerimov Hajga borish xarajatlarini toʻlagan.
Manba: azon.global “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar