15:27 / 28.01.2025
1 703

Trampning farmoni 6 milliondan ziyod afgʻonistonlikni ochlikka mahkum qilishi mumkin

Trampning farmoni 6 milliondan ziyod afgʻonistonlikni ochlikka mahkum qilishi mumkin
Donald Trampning tashqi yordamni toʻxtatish va insonparvarlik missiyalari uchun moliyalashtirishni qisqartirish haqidagi qarori Afgʻonistondagi 6 milliondan ortiq insonni oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan yuzma-yuz qoldirishi mumkin, deb xabar beradi Reuters.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ma'lumotlariga koʻra, Afgʻonistonda taxminan 15 million odam oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda.

Ayni vaqtda mavjud oziq-ovqat yordami ushbu ehtiyojmand aholining yarmiga ham etmasligi xavfi bor. BMTning Jahon oziq-ovqat dasturining Afgʻonistondagi rahbari Syao-Vey Reuters jurnalistlari bilan suhbatda shunday dedi:
«Bugungi kunda bu odamlar kuniga bor-yoʻgʻi bir yoki ikki marta, shunda ham faqat choy va non bilan tirikchilik qilmoqda. Afsuski, yordamdan mahrum boʻlgan koʻpchilik uchun bu holat odatiy boʻlib qolgan».

Afgʻoniston iqtisodiyotidagi muammolar tolibon hukumati hokimiyatni qoʻlga olganidan keyin kuchaygan. Shu bois insonparvarlik yordami bilan shugʻullanuvchi koʻplab tashkilotlar uchun mamlakatga kirish qiyinlashib ketdi.

Ma'lumotlarga koʻra, 2024 yilda Afgʻonistonga yoʻnaltirilgan insonparvarlik missiyalarining 40 foizidan ortigʻi AQSh tomonidan moliyalashtirilgan edi. Trampning mazkur qarori afgʻonistonlik millionlab odamlarni yanada ogʻir sharoitlarga solib qoʻyishi aniq.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo