21:45 / 28.01.2025
550

Janubiy Koreya ​​aeroportida samolyot yonib ketdi (video)

Janubiy Koreya ​​aeroportida samolyot yonib ketdi (video)
Foto: AFP
Janubiy Koreyaning ikkinchi yirik shahri Pusan ​​xalqaro aeroportida yoʻlovchi samolyoti havoga koʻtarilishidan oldin yonib ketdi, deb xabar berdi Yonhap.

Ushbu yongʻin 28 yanvar kuni kechqurun Honkongga uchishi kerak boʻlgan Air Busan samolyoti bortida sodir boʻlgan. Yongʻin samolyotning dum qismidan boshlanib, keyin fyuzelajga oʻtgan.

Samolyot bortida 169 yoʻlovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bor edi, ularning barchasi tezda evakuatsiya qilingan. Hodisa oqibatida qurbonlar yoʻq. Yongʻin sabablari haqida ma'lumot berilmagan.

2024 yil dekabr oyida Bangkokdan uchayotgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing samolyoti Janubiy Koreyaning Muan aeroportiga qoʻnayotganda halokatga uchradi. Layner bortida 181 kishi: 175 yoʻlovchi va 6 ekipaj a'zosi boʻlgan. Halokatda faqat ikki kishi tirik qoldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo