AQSh prezidenti Donald Tramp zamonaviy raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish haqida farmon imzoladi, deb xabar beradi «Interfaks».
Prezident Pentagon rahbari Pit Hegsetga 60 kun ichida yangi mudofaa tizimini joylashtirishga doir loyiha va rejani ishlab chiqishni topshirdi.
Yangi tizim Qoʻshma Shtatlarni ballistik, gipertovushli, qanotli raketalar hamda boshqa havo tahdidlaridan himoya qilishga moʻljallangan. U raketalarni kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan ilgʻor kosmik texnologiyalarni oʻz ichiga oladi.
Trampga koʻra, soʻnggi 40 yil ichida strategik qurollar, jumladan, ballistik va gipertovushli raketalar xavfi sezilarli darajada oshgan. «Kuch orqali tinchlikni ta'minlash» strategiyasi doirasida Qoʻshma Shtatlar yangi avlod mudofaa tizimini joriy qilib, fuqarolarini va muhim infratuzilmasini har qanday xorijiy hujumdan himoya qilishi zarur, deya ta'kidladi prezident.
Ma'lumot uchun, «Temir gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimi Isroil tomonidan AQSh yordamida ishlab chiqilgan boʻlib, qisqa masofali raketalarni aniqlash va urib tushirish uchun moʻljallangan. 2011 yilda faoliyat boshlagan ushbu tizim minglab raketalarni tutib qolgan. Isroil ma'lumotiga koʻra, uning muvaffaqiyat darajasi 90 foizdan yuqori boʻlib, Hamas va Hizbullohga qarshi urushlarda oʻz samaradorligini namoyish etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar