Foto: AP Photo
Suriyada 61 yillik Asad rejimi agʻdarilganidan keyingi boshlangan mamlakatni tiklash jarayoni doirasida milliy gerb, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma va rasmiy hujjatlar yangilanmoqda.
50 nafar koʻngillidan iborat jamoa — Mpire Agency brending va marketing kompaniyasi asoschisi Muhammad Selvaye boshchiligida hukumat shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, pasportlar, rasmiy hujjatlar va milliy logotipni qayta ishlash bilan shugʻullanmoqda. Shuningdek, valyuta dizayni va davlat idoralari ramzlariga oʻzgartirishlar kiritish ustida ish olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, mazkur tashabbus Muhammad Salvayening hamkasbi Vasim Kadura Facebook’da “Suriyaga yangi oʻziga xoslik kerak” deb yozganidan keyin boshlangan.
Shundan soʻng, Suriyaning yangi hukumati Salvay va Kaduraga mamlakatning yangi oʻziga xoslik tizimini ishlab chiqishni rasman topshirdi.
Maqsad — insonlarda yurtga daxldorlik tuygʻusini mustahkamlash.
"Biz shunchaki dizayn ishlab chiqmayapmiz. Biz yangi dizayn yaratishdan oldin Suriyaning tarixiy merosi, me'morchiligi va milliy ramzlarini oʻrganamiz", deydi Salvaye Anadolu agentligi muxbiri bilan suhbatda.
U, shuninngdek, ushbu loyiha Suriya xalqining daxldorlik tuygʻusini mustahkamlash va mamlakatning xalqaro maydondagi professionalligini oshirish uchun juda muhimligini qayd etdi.
Dizayner bu nafaqat estetik oʻzgarish, balki Suriya tarixi, madaniy merosi va me'morchiligini aks ettiruvchi “oʻziga xoslikni yaratish” ekanligini ta'kidladi.
"Hammasi hamkasbim Vazim Kaduraning “Suriyaga yangi oʻziga xoslik kerak” degan postidan boshlandi. Bu gʻoya hukumat amaldorlarining e'tiborini tortdi va Suriya OAV vazirligi vakili Osama Ali biz bilan bogʻlandi. U bizning kompaniyamizga bu loyiha bilan shugʻullanish topshirilganini aytdi", deydi Salvaye.
Jarayonning jadallashtirilgan grafigi haqida gapirganda, Salvaye shunday dedi: "Bu shunchaki dizaynerlik loyihasi emas. Bu yangi oʻzlik, mamlakat tarixi va kelajagi uchun katta mas'uliyatdir. Vaqt cheklanganligiga qaramay, biz eng yaxshi natijaga erishish uchun astoydil ishlayapmiz".
Suriya milliy ramzlarini ishlab chiqish loyihasi ustida 50 nafar koʻngillilar jamoasi, jumladan, tarixchilar, tadqiqotchilar va olimlar ishlamoqda. Loyiha 3-4 oydan keyin yakunlanishi kutilmoqda. Jamoa a'zolari loyiha tafsilotlari oshkor boʻlishining oldini olish uchun maxfiylik shartnomasini imzoladilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar