Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻn kun ichida 38 ta farmonni imzoladi. U ushbu koʻrsatkich bilan Qoʻshma Shtatlarning zamonaviy tarixida barcha prezidentlar orasida etakchi boʻldi, deb xabar beradi Axios.
Reytingda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni AQShning 46-prezidenti Jo Bayden hamda 33-prezident Harri Trumen egalladi. Ular boshqaruvining dastlabki 100 kunida 40 dan ortiq farmonga imzo chekkan.
Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida chiqish qilgan Tramp, saylovlardagi gʻalabasi Amerika uchun "oltin asr" boshlanishini anglatishini ta'kidladi. U, shuningdek, "soʻl radikallar siyosati bekor qilinishi boʻyicha tezkor choralar" koʻrganini ma'lum qildi.
Tramp tomonidan imzolangan dastlabki qonunlardan biri AQSh janubiy chegaralari orqali noqonuniy migrantlarning kirishini toʻxtatish va ularni mamlakatdan chiqarib yuborishga oid. Shuningdek, Tramp rasmiylarga AQShda tugʻilgan bolalarga fuqarolik bermaslikni buyurdi.
Bundan tashqari, Tramp gender siyosatini oʻzgartirishga oid farmonlarni ham imzoladi. Endi AQShda faqat erkak va ayol jinsi rasman tan olinadi, shuningdek, davlat voyaga etmaganlarning jinsini oʻzgartirish jarayonlarini moliyalashtirishni toʻxtatadi.
Shu bilan birga, prezident Kapitoliydagi tartibsizliklarda ayblangan 1,5 mingga yaqin shaxsni afv etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar