AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya etakchisi Vladimir Putin bilan muloqot qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlikka koʻra, Tramp boʻlajak suhbat tafsilotlariga toʻxtalmagan, biroq bu muloqot natijasida muhim natijaga erishilishiga umid bildirgan.
Shuningdek, Tramp Rossiya Federatsiyasi va AQSh oʻrtasida “jiddiy muhokamalar” rejalashtirilganini ham e'lon qilgan.
Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya AQSh bilan prezidentlar darajasida muloqot qilishga tayyorligini aytgan edi.
Washington Post tomonidan e'lon qilingan materialda, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yordam berish va uning NATOga kirishiga qarshi chiqqani xabar berilgandi.
Prezident Tramp Ukrainaga boshqa yordam yuborishni istamaydi, Amerika qoʻshinlari haqida gapirmasa ham boʻladi, deb yozadi WP.
Xabarda, shuningdek, AQSh prezidenti Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi ekani ta'kidlangan.
Trampning fikricha, potentsial oʻt ochishni toʻxtatishni nazorat qilish va Ukraina hududida xavfsizlikni ta'minlash “Evropaning muammosi” sifatida koʻrib chiqilishi kerak, deb yozadi nashr jurnalistlari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar