19:00 / 01.02.2025
164

Tailandda sayyohlar bor avtobus 15 metr balandlikdan qulab tushdi

Tailandda sayyohlar bor avtobus 15 metr balandlikdan qulab tushdi
Tailandda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus 15 metr balandlikdan qulab tushdi. BrightTV telekanali ma'lumotlariga koʻra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Avtobus balandlikdan qulash chogʻida togʻ orasiga tiqilib qolgan.

Foto: Report.az
“Yoʻl-transport hodisasi Pxuketdagi Karon-Patong dovonida sodir boʻlgan. Bir guruh sayyohlarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan va mehmonxona yaqinidagi jarlikka qulab tushgan.

Hodisa oqibatida 9 kishi jabrlangan. Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, ular orasida Rossiya va Xitoy fuqarolari ham bor.

Hozirda voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlayotgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo