Foto: Vedomosti
Rossiyaning «Laboratoriya Kasperskogo» kompaniyasi smartfonlardagi suratlardan ma'lumotlarni oʻgʻirlaydigan avval noma'lum boʻlgan troyan-virusni aniqladi. Bu haqda «Vedomosti» yozdi.
Qayd qilinishicha, virus App Store va Goggle Play orqali yuklab olingan 20 ta soxta messenjer ilovasi, sun'iy intellekt yordamchilari, oziq-ovqat etkazib berish ilovalari va kriptovalyuta ilovalarida topilgan.
Kompaniya ma'lumotlariga koʻra, troyan-viruslar Google Play orqali 242 ming martadan koʻproq yuklab olingan.
«Laboratoriya Kasperskogo» mutaxassislari troyanga SparkCat nomini berdi. Smartfonga yuklab olingan va ishga tushirilgandan soʻng, soxta ilova fotosuratlarni koʻrish uchun ruxsat soʻraydi va galereyadagi tasvirlardagi matnni tahlil qilish uchun belgilarni optik aniqlash (OCR) dasturidan foydalanadi.
Virus kalit soʻzlarni topib, ularni firibgarlarga uzatadi. Virus har qanday nozik ma'lumotlarga qiziqadi - ilovalar uchun parollar, hujjatlar, kriptohamyonlarni tiklash uchun kalit soʻzlar va boshqalar tasvirlangan skrinshotlar.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu iPhone smartfonlarida bunday troyanlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq birinchi holat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar