Foto: Evan Vucci/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Gʻazo sektorini nazorat ostiga olishini aytdi. Respublikachi bu haqda 4 fevral, seshanba kuni Oq uyda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvdan soʻng gapirdi. Matbuot anjumani Amerikaning Associated Press(AP) axborot agentligi tomonidan translyatsiya qilindi.
Tramp Gʻazo boʻyicha: «Biz unga egalik qilamiz»
«Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorini nazorat qiladi, biz u bilan ishlaymiz, - dedi Oq uy rahbari. - Biz unga egalik qilamiz va u erdagi barcha xavfli portlamagan bombalar va boshqa qurollarni demontaj qilish uchun javobgar boʻlamiz».
«Agar kerak boʻlsa, buni qilamiz, bu uchastkani nazoratga olamiz, rivojlantiramiz, minglab ish oʻrinlarini yaratamiz. Bu butun Yaqin Sharq faxrlanishi mumkin boʻlgan narsa boʻladi», deb qoʻshimcha qildi Tramp. U erda kim yashashi haqidagi savolga respublikachi Gʻazo sektori «dunyo xalqi» va «Yaqin Sharq rivera»si uchun uyga aylanishi mumkinligini aytdi.
«Men uzoq muddatli egalik holatini koʻrmoqdaman va men buni Yaqin Sharqning bu qismiga katta barqarorlik olib keladigan narsa sifatida koʻraman, - deb davom etdi Tramp. - Men buni koʻp oylardan beri diqqat bilan koʻrib chiqdim». Gʻazoga AQSh qoʻshinlarini joʻnatish kerakmi degan savolga, Tramp: «Biz kerakli narsani qilamiz», dedi.
«Men Isroilni yaxshi koʻraman. Men u erga boraman, Gʻazoga boraman, Saudiya Arabistoni va butun Yaqin Sharqdagi boshqa joylarga boraman», — deb va'da qildi Oq uy rahbari.
Netanyahu bu soʻzlarni ijobiy qabul qildi. Isroil bosh vazirining soʻzlariga koʻra, Tramp «yangi gʻoyalar bilan oʻylaydi» va «an'anaviy fikrlashni yoʻq qilishga tayyorligini namoyish etadi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar