19:16 / 05.02.2025
211

Donli ekinlar hosildorligi boʻyicha Xitoy rekordlar oʻrnatmoqda

Donli ekinlar hosildorligi boʻyicha Xitoy rekordlar oʻrnatmoqda
Xitoyda 2024-2025 yillar mavsumida makkajoʻxori, sholi va bugʻdoydan jami 706,5 mln tonna hosil olish rejalashtirilgan. Bu 695,4 mln tonna hosil olingan oldingi mavsumga nisbatan 1,6 foiz koʻpdir. Xitoy milliy statistika idorasining ushbu ma'lumotlarini Grain central nashri e'lon qildi.

Ekin maydonlari bir yilda 0,3 foizga kengayib, 119,3 mln gektarga, asosiy uch donli ekin hosildorligi oʻrtacha 1,3 foizga oʻsib, gektaridan 59,2 tsentnerni tashkil etmoqda.

Makkajoʻxori mamlakatning donli ekinlari orasida eng katta maydonni band etgan. 2024 yilda 44,7 mln gektardan 294,9 mln tonna rekord darajada koʻp hosil olindi. Hosildorlik oshishida serhosil navlarga e'tibor qaratilgani muhim ahamiyat kasb etgan.

Foto: SMI Today
Prognozlarga koʻra, Xitoyga makkajoʻxori importi 14 mln tonnagacha kamayadi. 2023-2024 yillar mavsumida Xitoy chet eldan 23,4 mln tonna makkajoʻxori donini sotib olgan.

Sholi — mamlakatning ekin maydoni kattaligi va hosil hajmi boʻyicha ikkinchi donli ekini. Joriy mavsumda 29 mln gektardan 207,5 mln tonna hosil olish moʻljallangan. Bir gektardan oʻrtacha hosildorlik 71,5 tsentnerni tashkil etishi ktilyapti.

FAS prognoziga koʻra, mamlakatda guruchga boʻlgan ichki talab 145 mln tonnani tashkil etib, 1 mln tonna guruch eksport qilinishi mumkin.

Bugʻdoy etishtirishda Xitoy uzoq yillardan buyon jahonda etakchi sanaladi. 2024-2025 yillar mavsumida 23,6 mln gektar maydondan 140,1 mln tonna rekord hosil olinishi rejalashtirilgan, bu oʻtgan mavsumga qaraganda 2,6 foiz koʻp yoki 3,5 mln tonna qoʻshimcha bugʻdoy olinishini anglatadi. Hosildorlik gektaridan oʻrtacha 59,4 tsentnerni tashkil etadi, oʻtgan yilga nisbatan oʻsish — 2,8 foiz.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo