23:33 / 01.11.2016
8 982

O‘zbekistonga yo‘l olgan avtobus Saratov viloyatida halokatga uchradi

O‘zbekistonga yo‘l olgan avtobus Saratov viloyatida halokatga uchradi

30 oktyabr kuni Rossiyaning Saratov viloyatida avtobus halokatga uchradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Sankt-Peterburgdan Toshkentga yo‘l olgan avtobus ichida 24 nafar yo‘lovchi bor edi. YTH oqibatida ulardan 16 nafari jarohat olib, zudlik bilan shifoxonaga etkazilgan.

Qalampir.uz sayti yozishicha, jarohat olganlarning 4 nafari hamon shifoxonada qolmoqda.

Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining dastlabki ma’lumotlarida yo‘l-transport hodisasiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani tasdiqlangan.

Yo‘lni nam qor qoplagani sabab Yutong rusumli avtobus sirpana boshlagan, natijada yo‘l chetidagi to‘siqlarga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonga yo‘l olgan avtobus Saratov viloyatida halokatga uchradi