06:25 / 08.02.2025
137

Tramp Zelenskiy bilan uchrashuv oʻtkazmoqchi

Tramp Zelenskiy bilan uchrashuv oʻtkazmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashmoqchi ekanini ma'lum qildi. U bu haqda Yaponiyaning bosh vaziri Sigeru Isiba bilan Oq uyda oʻtkazilgan brifingda aytib oʻtdi.

Trampning soʻzlariga koʻra, uchrashuv Vashingtonda oʻtkazilishi mumkin.

— Men u erga [Kiyevga] bormayman, — dedi u.

AQSh va Ukraina etakchilari urushda Ukrainani qoʻllab-quvvatlash evaziga nodir metallar etkazib berish masalasini muhokama qilishadi.

— Biz prezident Zelenskiy bilan ularning aktivlari xavfsizligini ta'minlash masalasini koʻrib chiqamiz. Ular er osti boyliklariga ega… Aslida hammamiz xavfsizlikni xohlaymiz, chunki bilasizki, Evropa bizdan kamroq mablagʻ sarflamoqda, — dedi Tramp.

Shuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham urush boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqchi ekanini aytdi. Biroq ehtimoliy uchrashuvlarning aniq sanalarini oshkor etmadi.

Trampning ta'kidlashicha, har ikki tomondan “millionlab odamlar” halok boʻlayotgan urush tezroq yakunlanishi kerak.

— 800 yoki 900 ming rossiyalik askar halok boʻlgan yoki ogʻir yaralangan, Ukraina tomoni ham shunga yaqin yoʻqotishlarga uchragan. Men ularning yoʻqotishini 700 ming kishi deb baholayman. Ular anigʻroq raqamlarni e'lon qildi, lekin bu toʻgʻri emas deb oʻylayman, — dedi AQSh prezidenti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo