![Tramp Baydenning maxfiy ma'lumotlardan foydalanishini cheklab qoʻydi](/uploads/posts/2025-02/0365604168_ahr0chm6ly9zdg9yywdllnlhbmrlegnsb3vklm5ldc95bs1zaxrlcy1zdgf0awmvyzu1zdnjmwutnjvhlndlyna.webp)
Foto: Report.az
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻzidan oldingi prezident Jo Baydenning maxfiy ma'lumotlarga kirishini chekladi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmogʻida yozgan, deb xabar qilmoqda Daryo nashri.
“Jo Baydenning maxfiy ma'lumotlarga kirishda davom etishiga hojat yoʻq. Shuning uchun biz darhol Jo Baydenning xavfsizlik boʻyicha ruxsatini bekor qilamiz va uning uchun tashkil qilinadigan kundalik razvedka brifinglarini tugatamiz”, dedi Tramp.
“Bayden 2021 yilda razvedka hamjamiyatiga AQShning 45-prezidentiga (ya'ni menga) odatda sobiq prezidentlarga beriladigan milliy xavfsizlik ma'lumotlariga kirishni rad etishni buyurgandi. Maxsus prokuror Robert Xurning hisoboti shuni koʻrsatdiki, Baydenning “xotirasi yomon”.
Hattoki uning xotirasi yaxshiroq vaqtlarda ham Baydenga xavfsizlik boʻyicha ma'lumotlarni ishonib boʻlmasdi. Men hamisha milliy xavfsizligimizni himoya qilaman. Bayden, sen ishdan boʻshading! Amerikani yana buyuk qilamiz”, deb yozdi Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar