![Peskov Trampning Putin bilan suhbati haqida nimalar dedi?](/uploads/posts/2025-02/1951b40f76_rvybawuhzx0hfajq_zvw6d_w1xlyi3mh.webp)
Dmitriy Peskov
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti haqidagi ma'lumotni na tasdiqladi, na inkor etdi. Uning ta'kidlashicha, Moskva va Vashington oʻrtasidagi aloqa turli kanallar orqali amalga oshiriladi, shuning uchun shaxsan u «ba'zi narsadan bexabar boʻlishi mumkin».
«Vashington ma'muriyati oʻz ishini yoʻlga qoʻyar ekan, juda koʻp turli kommunikatsiyalar mavjud va bu aloqalar turli kanallar orqali olib boriladi va, albatta, bu kommunikatsiyalarning koʻpligi fonida shaxsan men nimanidir bilmasligim, nimadandir bexabar boʻlishim mumkin. Shuning uchun, bu holatda men buni na tasdiqlay, na inkor eta olaman», dedi Dmitriy Peskov.
Donald Tramp soʻzlariga koʻra, Vladimir Putin bilan telefon suhbati Ukrainadagi urushni tugatish bilan bogʻliq. U Rossiya prezidenti jang maydonida askarlarning oʻlimiga «haqiqatan ham befarq emasligi», «u odamlar qurbon boʻlishini toʻxtatishni xohlashini» ta'kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar