![Italiyada firibgarlar mudofaa vaziri "ovozi bilan" tadbirkorlarni chuv tushirdi](/uploads/posts/2025-02/c922193c41_rkmg5tgvmujkdvq9v6ujhuxera3vnod8.webp)
Foto: AP
Firibgarlar sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozettoning ovozini hosil qilib, pul undirishga urindi, deb xabar beradi La Repubblica.
Qayd etilishicha, jinoyatchilar Krozetto va vazirlikning boshqa xodimlari nomidan italiyalik tadbirkorlarga qoʻngʻiroq qilib, ularni chet el banklaridagi hisobraqamlarga pul oʻtkazishga koʻndirmoqchi boʻlgan. Ular pul Suriya va Eronda garovda saqlanayotgan italiyaliklarni chiqarib olish uchun kerakligini aytishgan.
Firibgarlar dipfeyklardan tashqari Mudofaa vazirliginikiga oʻxshash raqamlardan qoʻngʻiroq ham qilgan. Italiya OAVga koʻra, modeler Jorjo Armani, Prada modular uyi direktorlar kengashi rahbari Patritsio Bertelli, Pirelli shinalar ishlab chiqaruvchisi top-menejeri Marko Tronketti Provere, shuningdek, «Inter» futbol klubining sobiq egasi milliarder Massimo Morattiga shu kabi qoʻngʻiroqlar boʻlgan.
Financial Times ma'lumotlariga koʻra, qurbonlardan kamida bir nafari firibgarlarga 1 million yevro oʻtkazib bergan. Italiya OAVga koʻra, firibgarlar yanvar oyida Eron qamoqxonasidan jurnalist Chechiliya Sala ozod etilgani va bu barcha joyda ovoza boʻlganidan foydalangan.
Firibgarlar odamlarning ovozi va tasvirini paydo qilishda koʻpincha dipfeyklardan foydalanmoqda. Sumsub kompaniyasi hisob-kitoblariga koʻra, firibgarlar tomonidan 2023 yilda bu kabi texnologiyadan foydalanish 700 foizga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar