12:25 / 05.11.2016
11 214

Arktikada okean tubidan sirli shovqin kelmoqda

Arktikada okean tubidan sirli shovqin kelmoqda

Arktikaning Kanada nazorati ostida bo‘lgan qismida okean tubidan sirli shovqin kelmoqda. Mutaxassislar buning nima ekanligini va uning sabablarini ayta olishmayapti, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.

Kanadalik jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, tovush Kanadaning qit’adagi qismidan 120 km uzoqlikda joylashgan Fyuri-end-Xekl bo‘g‘ozidan kelmoqda. Shovqin uzoq vaqtdan beri yangramoqda va bu hududdagi baliq va jonzotlarni hurkitmoqda, deb aytildi xabarda.

"Bu joy yoz mavsumidagi asosiy ov joylaridan hisoblanadi. Biroq bu yozda bu erda deyarli hech qanday o‘lja bo‘lmadi", deb aytdi mahalliy qonunchilik yig‘ilishi a’zosi.

CBC News’ning qo‘shimcha qilishicha, sirli shovqinga birinchi bo‘lib mahalliy aholi e’tibor qaratgan. Ular bu haqda milliy xavfsizlik departamentiga xabar berishgan. Endi bu shovqinning kelib chiqishini aniqlash bilan Kanada qurolli kuchlari shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arktikada okean tubidan sirli shovqin kelmoqda