11:00 / 14.02.2025
401

AQShda ozodlikka chiqqan rossiyalik Vinnik Moskvaga etib keldi

AQShda ozodlikka chiqqan rossiyalik Vinnik Moskvaga etib keldi
Foto: picture-alliance/dpa/Y. Malinov
Rossiya fuqarosi, BTC-e onlayn birjasi asoschisi, Vashington va Moskva oʻrtasidagi mahbuslar almashinuvi paytida ozod qilingan Aleksandr Vinnik Rossiyaga keldi. Bu haqda 14 fevral, jumaga oʻtar kechasi TASS va "Interfaks" agentliklari xabar berdi.

Ularga koʻra, rossiyalik samolyot bilan Istanbuldan etkazilgan. Mitsubishi Challenger jeti Vnukovo xalqaro aeroportiga qoʻndi. AQShdan parvoz ikki bosqichda amalga oshirildi — Turkiyaga va Istanbuldan Moskvaga.

Vinnik ishi

Aleksandr Vinnik 2017 yilning yozida oilasi bilan dam olayotgan Gretsiya shimolida AQSh talabi bilan qoʻlga olingan edi. Erkak tovlamachilik, shaxsiy ma'lumotlarni oʻgʻirlash va giyohvand moddalar savdosiga yordam berishda ayblangan. 2024 yilda u pul yuvish uchun fitna uyushtirganlikda aybini tan oldi. U AQShda 4 milliard dollar (3,8 milliard yevro) pul yuvishda ayblanib, 50 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. Vinnik 2022 yil avgustida AQShga ekstraditsiya qilingan edi.

Avvalroq BTC-e kunlik 66 million dollar aylanmasi bilan dunyodagi eng yirik kripto-platformalarning oʻntaligiga kirgan. Anonim akkauntlardan savdo qilishga ruxsat berganligi sababli, butun BTC-e aylanmasi AQSh rasmiylari tomonidan noqonuniy deb topildi. Advokatlarning soʻzlariga koʻra, Aleksandr Vinnik 2024 yilning 1 avgustida Rossiya, AQSh va boshqa Gʻarb davlatlari oʻrtasida mahbuslarni ayirboshlash bitimiga qoʻshilishni istagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo